Infografika - Ochiq ma’lumotlar: talabgir toʻplamlar va yashash davri

un_uzb_infographic_open_data

Ochiq davlat ma’lumotlari sohasidagi muvaffaqiyat yigʻilayotgan axborot soni bilan emas, ulardan amalda foydalanish bilan oʻlchanadi. Buning uchun talabgir ma’lumotlarni nashr etish muhimdir. Davlat boshqaruvining muayyan sohalari, jumladan, ijtimoy siyosat, xavfsizlik, iqtisodiy rivojlanish jamiyat uchun katta ahamiyatga egadir.

Ochiq davlat ma’lumotlari sohasidagi xalqaro ekspertlar aholi va biznes uchun dunyo boʻyicha «talabgir» ma’lumotlarning 16 toifasini belgilab berdi, jumladan, transport, byudjet harajatlari, atrof-muhit holati va boshqa ma’lumotlar.

Ochiq ma’lumotlarni chop etish natijasida davlat organlari ishining shaffofligi ta’minlanadi, jamoatchilik nazoratini olib borish, fuqarolar va biznes uchun yangi xizmatlarni yaratish uchun imkoniyat paydo bo’ladi, umumiy investitsion muhit yaxshilanadi.

BMTTD loyihasi tomonidan tayyorlangan infografikada talabgir ochiq ma’lumotlar va ularning yangilanish davriyligi keltirilgan. Shuningdek, davlat ma’lumotlar bazalaridagi axborotni ochish tufayli erishish mumkin bo’lgan effektni ko’rsatuvchi ochiq ma’lumotlarning yashash davri aks ettirilgan.