Infografika - Elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini baholash

un_uzb_img_online_services_assessment

Aholiga koʻrsatilayotgan davlat xizmati sifati va qulayligini oshirish Oʻzbekistonda elektron hukumatni joriy qilish bo’yicha asosiy fazifalardan biri hisoblanadi.

BMTTDning elektron hukumat loyihasi koʻmagida Vazirlar Mahkamasining 20.10.2016-yil 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Elektron davlat xizmatlari sifatini baholash metodikasi» ishlab chiqildi. Natijada, aholi va biznes uchun davlat idoralari tomonidan koʻrsatilayotgan onlayn xizmatlarning monitoringi, tahlili va sifatini baholash mexanizmi yaratildi. Mazkur metodika tomonidan davlat organlari koʻrsatayotgan elektron xizmatlarning sifati va qulayligi reytingini erkin foydalanish uchun har yili chop etish nazarda tutilgan. Bu esa, oʻz navbatda, davlat organlarini koʻrsatayotgan onlayn xizmatlari sifatini oshirishga undaydi.

BMTTD loyihasi tomonidan tayyorlangan «Elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini baholash» infografikasi ushbu metodikaning asosiy yonalishlarini yaqqol namoyon etadi. Jumladan, elektron davlat xizmatlarini baholash tartibi, koʻrsatkichlari va umumiy bahodagi ulushi, shuningdek, muayyan sifat indikatorlarini o’lchash xususiyatlari yoritilgan.