Infografika – Qanday qilib “muvaffaqiyat hikoyalari”ni yozish?

Ushbu inforgrafikada oson va qiziqarli tarzda tashkilot, loyiha yoki tashabbusning natijalari haqida ma’lumot beruvchi “muvaffaqiyat hikoyalari”ni yozish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Barcha tavsiyalar BMTning “Orol dеngizi inqirozi natijasida jabr ko‘rgan aholining hayotiy faoliyatini ta’minlash” Qo‘shma dasturi tomonidan tayyorlangan hikoya misolida taqdim etilgan.

Mazkur infografika jamoatchilik bilan aloqa qilish bo‘yicha mutaxassislar, jurnalistlar va samarali muloqot o‘rnatishni xohlovchi barcha mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.