Infografika - Inklyuziv biznesni rivojlantirishning beshta sababi

Mazkur infografika inklyuziv biznesni rivojlantirish muhimligini va ushbu biznesdan foydalarni izohlab beradi.

Inklyuziv biznes himoyaga muhtoj bo‘lgan aholini mahsulot ishlab chiqarish zanjiriga iste’molchilar, ishlab chiqaruvchilar yoki mahsulotni yetkazib beruvchilar sifatida jalb etishga asoslangan biznes modeldir. Inklyuziv biznes modeli asosida faoliyat yurituvchi korxonalar aholi uchun ish topish imkoniyatlarini yaratib, o‘zlari ham bundan foyda orttirishga harakat qiladi.