Infografika - Jismoniy shaxslar daromadi boʻyicha soliq deklaratsiyalarini taqdim etish (amaldagi holati va talab etilgan koʻrinishi)

un_uzb_img_Filing_Income_Tax_Declaration_Service_rus

Bugungi kunda Oʻzbekistondagi davlat xizmatlarining koʻp qismi, davlat boshqaruvi ichki idora jarayonlarida qayta koʻrilgan holda, elektron shaklga oʻtkazilmoqda. Xizmatlarni elektron shaklda amalga oshirishga oʻtish, murojaat etuvchilar uchun ularni ancha yengillashtirib, korruptsion havfni kamaytiradi, davlat hamda fuqarolarning vaqtini va moliyaviy harajatlarini tejash imkonini beradi.

Biroq, xizmatlarni elektron shaklga otkazish va davlat interaktiv xizmatlarining yagona portaliga (DIXYaP) joriy etishdan avval, ma’muriy jarayonlarni soddalashtirish, idoralararo oʻzaro munosabatlarni yaxshilash, jumladan, biznes jarayonlarini tubdan oʻzgartirish (reinjiniring) ishlarini amalga oshirish darkor. Elektron davlat xizmatlarini joriy etishda reinjiniring majburiy shartlardan biti hisoblanib, AKTni samarasiz va eskirgan jarayonlarga joriy etish bilan bogʻliq harajatlarning oldini oladi.

BMTTDning “Elektron hukumatni rivojlantirish orqali davlat xizmatlarini ko’rsatish sifatini oshirish” loyihasi «Jismoniy shaxslar daromadi boʻyicha soliq deklaratsiyalarini taqdim etish (amaldagi holati va talab etilgan koʻrinishi)» infografikasini tayyorlab, uning misolida mazkur xizmatni amalga oshirishda biznes jarayonlarining reinjiniringidan foydalanilgan holda xizmat ko’rsatishni elektron shaklga oʻtkazishda talab etiladigan hujjatlar, jarayonlar va vaqt sarf-harajatlarining qisqarishini namoyish etdilar.

Mazkur takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etildi.