Infografika - “Biznes jarayonlar reinjiniringi” kontseptsiyasi

“Biznes jarayonlar reinjiniringi” kontseptsiyasi bir necha yillardan beri xorijiy mamlakatlar tajribasida davlat va xususiy sektorda qo‘llanilib kelinmoqda va “samaradorlik ko‘rsatkichlarini tubdan yaxshilash maqsadida tashkilotlarda mavjud bo‘lgan jarayonlarini fundamental ravishda qayta ko‘rib chiqish va qayta loyihalashni” nazarda tutadi.

O‘zbekistonda “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonunining qabul qilinishi munosabati bilan, mazkur kontseptsiya mohiyati bilan aynan bir xil bo‘lgan “ma‘muriy jarayonlarni optimallashtirish” atamasi qo‘llanila boshlandi.

Ma‘muriy jarayonlarni optimallashtirish bugungi kunda O‘zbekiston sharoitida o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lishi bilan birgalikda, davlat xizmatlarining “onlayn yetukligi” va jarayonlar shaffoflik darajasini oshirishga, aholi va biznes uchun ma‘muriy yukning kamaytirilishi hamda soddalashtirilishi kabi muammolarni hal qilishda foydalaniladi.

Mazkur infografikalarda reinjiniringning asosiy tamoyillari, bosqichlari va usullarini hamda bu boradagi ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasi tasvirlangan.