Infografika - Agile uslubiyoti. Onlayn-xizmatlarni ishlab chiqishga nisbatan oʻzgaruvchan yondashuv

un_uzb_img_Agile_Methodology

Agile uslublari, avtomobilsozlikdan boshlab dasturiy ta’minot ishlab chiqarilishigacha boʻlgan, turli jabhalarda oʻz samarasi va foydali jihatlarini namoyon etdi. Jumladan, Buyuk Britaniya davlat xizmatlarining raqamli oʻzgartirilishida katta muvaffaqiyat bilan qoʻllanilib.

Buyuk Britaniya tajribasining ko‘rsatishicha, Agile yondoshuvlaridan foydalanish nafaqat elektron xizmatlarni ishlab chiqishga bo‘lgan moliyaviy va vaqtga oid sarf-xarajatlarni ahamiyatli tarzda qisqartirish, balki ularning asosiy foydalanuvchilarining ehtiyojlari va manfaatlarini eng yuqori darajada inobatga olishni ta’minlash imkonini beradi. Buyuk Britaniyaning innovatsion yondashuvlari BMT ekspertlari tomonidan e'tirof etilgan va 2016 yilda mamlakatga BMTning Elektron hukumati bo’yicha reytingida birinchi o'rinni egalladi.

Ushbu infografika shu yilning mart oyida BMTTDning “Elektron hukumatni rivojlantirish orqali davlat xizmatlarining sifatini oshirish” loyihasi tomonidan uyushtirilgan Raqamli rivojlanish bo'yicha davlat xizmati (Government Digital Service, GDS) ekspertlari ishtirokida trening-seminar natijalari bo'yicha ishlab chiqilgan. Infografikada turlanuvchan yondoshuvdan foydalangancha elektron xizmatlarni yaratishning asosiy fazalari, Agile ning asosiy tamoyillari, shuningdek, onlayn-xizmatlarning samaradorligini baholashning asosiy ko‘rsatkichlari bayon qilingan.