Audio - podkastlar

                                                                                                            

  • Audio-podkast “UNews Weekly” - 24-lavha

    2013 yil 7 oktabr “UNews Weekly”ning 24-lavhasida BMTTD va Global ekologiya jamg‘armasi birgalikda maktab va shifoxona kabi ijtimoiy binolarning energiya samaradorligini oshirishdagi yutuqlari haqida gap boradi.

  • Audio-podkast “UNews Weekly” - 23-lavha

    “UNews Weekly”ning 23-lavhasida BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistonda OIV infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurash hamda barcha fuqarolar nihoyatda zarur bo‘lgan OIV/OITS profilaktikasi, davolash va maslahat xizmatlaridan foydalanaolishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlari haqida hikoya qilinadi.

  • Audio-podkast “UNews Weekly” - 22-lavha

    “UNews Weekly”ning 22-lavhasida “Zarafshon daryosi havzasida suv resurslarini mujmuaviy ravishda boshqarish va tejash rejasi” loyihasi doirasida suv ta’minoti va suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirishda erishilgan muvaffaqiyatlar haqida gap boradi.

  • Audio-podkast “UNews Weekly” - 21-lavha

    “UNews Weekly”ning 21-lavhasida “Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash: fuqarolik ishtirok va hamkorlik” loyihasi doirasida mahalliy davlat boshqaruvi organlari, xususan Namangan va Jizzax viloyatlari hokimliklarining ochiqlik va shaffofligini oshirishdagi muvaffaqiyatlar haqida hikoya qilinadi.

  • Audio-podkast “UNews Weekly” –20-lavha

    "UNews Weekly” haftaligining 20-lavhasida O‘zbеkistondagi BMTTD Doimiy vakilining o‘rinbosari Yako Silliеrs bilan BMTTDning mandati, joriy faoliyati va kеlgusi rеjalari borasidagi intеrvyusi e’lon qilinadi.