Media- mahsulotlar

           

Video-podkastlar

  • “UNews Weekly”ning 23-lavhasida BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistonda OIV infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurash hamda barcha fuqarolar nihoyatda zarur bo‘lgan OIV/OITS profilaktikasi, davolash va maslahat xizmatlaridan foydalanaolishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlari haqida hikoya qilinadi.

  • “UNews Weekly”ning 22-lavhasida “Zarafshon daryosi havzasida suv resurslarini mujmuaviy ravishda boshqarish va tejash rejasi” loyihasi doirasida suv ta’minoti va suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirishda erishilgan muvaffaqiyatlar haqida gap boradi.

  • "UNews Weekly” haftaligining 20-lavhasida O‘zbеkistondagi BMTTD Doimiy vakilining o‘rinbosari Yako Silliеrs bilan BMTTDning mandati, joriy faoliyati va kеlgusi rеjalari borasidagi intеrvyusi e’lon qilinadi.

Audio-podkastlar

Audio Podcasts

                                                                                                                                   

                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                              

  • Audio-podkast “UNews Weekly” –14-lavha

    Mazkur lavhada BMTning O‘zbеkistondagi Doimiy vakili Stеfan Prisnеr O‘zbеkistonda jurnalistikaning kasbiy va etik mе’yorlarining rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbatining muhimligini ta’kidlaydi.

  • Audio-podkast “UNews Weekly” –15-lavha

    Mazkur lavhada BMTTDning “Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash: fuqarolik ishtiroki va hamkorlik” loyihasi rahbari Dilshod Isroilov aholiga davlat xizmati ko‘rsatishning shaffofligi va ochiqligini oshirish uchun AKTdan foydalanish borasida so‘z yuritadi.

  • Audio-podkast “UNews Weekly” –13-lavha

    Mazkur lavhada YuNFPA yoshlar loyihasi assistеnti Ulug‘bеk Hakimov “Sog‘lom ona — sog‘lom bola” mavzuidagi davra suhbati borasida so‘z yuritadi.

Infografikalar



  • Infografika - Agile uslubiyoti. Onlayn-xizmatlarni ishlab chiqishga nisbatan oʻzgaruvchan yondashuv

    Ushbu infografika shu yilning mart oyida BMTTDning “Elektron hukumatni rivojlantirish orqali davlat xizmatlarining sifatini oshirish” loyihasi tomonidan uyushtirilgan Raqamli rivojlanish bo'yicha davlat xizmati (Government Digital Service, GDS) ekspertlari ishtirokida trening-seminar natijalari bo'yicha ishlab chiqilgan. Infografikada turlanuvchan yondoshuvdan foydalangancha elektron xizmatlarni yaratishning asosiy fazalari, Agile ning asosiy tamoyillari, shuningdek, onlayn-xizmatlarning samaradorligini baholashning asosiy ko‘rsatkichlari bayon qilingan.

  • Infografika - Yagona Interaktiv Davlat xizmatlari Portali 2.0: Foydalanuvchi orientatsiya

    “Elektron hukumatni rivojlantirish orqali davlat xizmatlari sifatini oshirish” Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va BMTTD o’rtasidagi qo’shma loyihasi tomonidan axborot grafikasi (infografika) tayyorlanib, unda Yagona Interaktiv Davlat Xizmatlari Portali 2.0 dagi asosiy o’zgartirishlar va yangi xizmat turlari taqdim etilgan.

  • Infografika - Tabiiy sovitish agentlari

    Ushbu infografika O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi hamda Global Ekologik Jamg‘armasining “Iqtisodiyoti o‘tish davridagi mamlakatlar (IO‘DM) hududida gidroxlorftoruglerodlardan (GXFU) foydalanishni jadal qisqartirishning birlamchi bajarilishi - O‘zbekiston Respublikasi” loyihasi doirasida tayyorlangan bo‘lib, unda keng qo‘llaniladigan tabiiy sovitish agentlari haqida umumlashtirilgan ma’lumot berilgan. Bundan tashqari, infografikda tabiiy sovitish agentlarining afzalliklari va kamchiliklari, qo‘llanish sohalari, global isish salohiyati va ozon yemirish qobiliyati haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Ish stoli uchun oboylar