Oʻzbekistonda Orolboʻyi mintaqasi uchun BMTning inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik jamgʻarmasi

Oʻzbekistonda Orolboʻyi mintaqasi uchun BMTning inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik jamgʻarmasi

23-July, 2019

Oʻzbekistonda Orolboʻyi mintaqasi uchun BMTning inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik jamgʻarmasi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va donorlar hamjamiyati resurslarini safarbar qilish uchun noyob yagona platforma sifatida xizmat qiladi.

Jamgʻarma turli manfaatdor tomonlar, jumladan, xalqaro moliya va donorlik tashkilotlari, Oʻzbekiston Hukumati, milliy, hududiy va mahalliy hokimiyat organlari, BMT agentliklari va jamoat tashkilotlar tajribasini oʻzida birlashtiradi. Jamgʻarma faoliyati mahalliy hamjamiyatlarni faol jalb qilgan holda, shu jumladan, Janub-Janub dasturi boyicha hamkorlik orqali texnologiyalar almashinuvini qoʻllab-quvvatlovchi keng qamrovli innovatsion yechimlarni ilgari surishga koʻmaklashadi. Bu yechimlar, aslida, salbiy oqibatlarga javob berishdan koʻra ularning oldini olishga yoʻnaltirilgan. 

Shunday qilib, Jamgʻarma faoliyati va uning loyihalari ilgʻor jahon tajribasiga muvofiq tarzda rivojlanish maqsadlariga yetishish uchun Hukumatning Orolboʻyi mintaqasi muammolarini hal etishga qaratilgan sa’y-harakatlarini toʻldiradi va davom ettiradi.