Axborot byulleteni 1/2018: BMTning Orolboʻyi mintaqasi uchun Qoʻshma dasturi

Axborot byulleteni 1/2018: BMTning Orolboʻyi mintaqasi uchun Qoʻshma dasturi

8-July, 2018

Mazkur nashrda BMTning "Orolboʻyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol fojiasidan zarar koʻrgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlash" Qo'shma dasturi tomonidan erishilgan yutuqlari, oʻtkazilgan tadbirlar, uchrashuvlar, yangi hamkorlik tashabbuslari va loyihalar aks etilgan. Axborot byulletenini yuklab oling va quyidagilar haqida batafsil ma’lumotga ega boʻling: 1) Toshkentda Orolboʻyi mintaqasi aholisining asosiy ehtiyojlari taqdimoti boʻlib oʻtdi; 2) BMTning Qoʻshma dasturi doirasida koʻmak olgan innovatsion gʻoyalar va tashabbuslar; 3) ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga qoʻshgan hissamiz - jamoalarning barqarorligini ta’minlovchi muhim omil sifatida; 4) Qoraqalpogʻistonda oʻpka kasalliklarining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar; 5) Koʻpsheriklik trast fondi - Qoraqalpog'istonda inson xavfsizligini taʻminlash mexanizmi sifatida.