Ufq ortiga qaray turib: “Milliy boqimlar konsepsiyasi va ularni shakllantirish tajribasi”

Ufq ortiga qaray turib: “Milliy boqimlar konsepsiyasi va ularni shakllantirish tajribasi”

8-July, 2014


Iqtisodiy tadqiqotlar markazi va BMTTDning qo‘shma ma’ruzasi mamlakatni uzoq muddatda rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda qo‘llanadigan yondashuvlar, metodologiya va vositalarning har tomonlama tahlilidan (Boqimlar) iborat. U Boqimlarning zarur tashkiliy jihatlari va ularni shakllantirish hamda amalga oshirishning asosiy bosqichlarini ta’riflab beradi. Ushbu ma’ruza 25 ziyod mamlakatning tajribasiga asoslangan bo‘lib, taraqqiyotni rejalashtirishning uzoqmuddatli turfa yo‘nalishlari bo‘yicha tahliliy materiallar yig‘imidan iborat.

Amaliyotning ko‘rsatishicha, o‘zlarining kelajaklarini ko‘ra bilgan, o‘zgarishlarni rejalashtira olgan va tavakkalchiliklarni minimallashtira olgan mamlakatlargina innovatsion yo‘lga tushib, farovonlikka erishganlar. Biz MTMdan keyingi maqsad va vazifalarga tezkor yaqinlashib kelmoqdamiz. Bu esa, barqaror rivojlanishga e’tibor bergan holda, taraqqiyotning ko‘plab yo‘nalishlari bo‘yicha kelishilgan harakatlarni ko‘zda tutadi.


Ma’lumotlarning to‘liq bazasi quyida joylashtirilgan: http://vision.cer.uz