Eksportni rag‘batlantirishga oid moliyaviy vositalarning O‘zbekiston Respublikasi eksportchilarining raqobatbardoshligiga ta’siri
Eksportni rag‘batlantirishga oid moliyaviy vositalarning O‘zbekiston Respublikasi eksportchilarining raqobatbardoshligiga ta’siri
24-April, 2019
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning zamonaviy bosqichida eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirishga, eksport tuzilishi va geografiyasini diversifikatsiyalashga, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va faollashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, eksportni qo‘llashning moliyaviy vositalaridan foydalanish belgilangan vazifalarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekistondagi eksportchilar orasida o‘tkazilgan so‘rovlarning natijalari tadbirkorlarning o‘z eksport faoliyatlarini moliyalashtirishga bo‘lgan sezilarli ehtiyojlarini namoyon etdi. Zero, O‘zbekistonda eksportoldi moliyalashtirish bo‘yicha mavjud sxemalar nisbatan qimmatligi hamda bank kreditlarining garov ta’minotiga bo‘lgan katta talablar bilan farq qiladi.
Ushbu nashrda ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va uni O‘zbekiston sharoitlariga moslashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish asosida eksportni moliyaviy rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan.