O‘zbekistonda biznes yuritish qiymati (2016)

2016 Mar 22
image

Qisqacha ma'lumot

“O‘zbekistonda biznes yuritish qiymati (2016)” nashri O‘zbekistonda investitsion va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun ishlab chiqilgan keng qamrovli sharh bo‘lib, O‘zbekistonda biznesni boshlash va yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan, tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazish, mehnat shartlari va xodimlarni ishga qabul qilish, soliq va bojlar, soliqlar bo‘yicha imtiyozlar, litsenziyalash, tashqi savdo jarayonlari, bojxona to‘lovlari va ularni amalga oshirishdagi imtiyozlar, biznes xizmatlar, ta’minot va boshqa biznes ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.

 

Nashr BMTTDning “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” va “O‘zbekiston biznes forumi- Faza III ” loyihalarini amalga oshirish doirasida Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamkorligi va Germaniya xalqaro hamkorligi jamiyati (GIZ)ning “Markaziy Osiyoda mintaqaviy savdoga ko‘maklashish” Dasturi ko‘magida chop etilgan.