Analytical Report ‘Improving Uzbekistan’s ranking in ‘Trading Across Borders’ indicator of World Bank’s Doing Business Report’

Russian

pdf (1MB)

Download

Analytical Report ‘Improving Uzbekistan’s ranking in ‘Trading Across Borders’ indicator of World Bank’s Doing Business Report’

31-August, 2016

BMTTDning “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasining ko‘magida Iqtisodiy Tadqiqotlar Markazi tomonidan “Jahon bankining “Biznesni yuritish” yillik tahlili «Xalqaro savdo» ko‘rsatkich qismida O‘zbekistonning reytingini yaxshilash bo‘yicha takliflar” tahliliy hisobot shaklida tayyorlandi.

Hisobotda “Xalqaro savdo” ko‘rsatkich qismida O‘zbekiston reytingiga ta’sir qiluvchi asosiy omillarning tahlili keltirilgan hamda tashqi savdoning rivojlanishi uchun yaratilayotgan sharoitlarning kelgusida takomillashtirish borasida tavsiyalar berilgan.

Xususan, hisobotda taklif etilayotgan chora-tadbirlar quyida keltirilgan yo‘nalishlardagi bir qator masalalarning yechimiga qaratilgan: 1) xalqaro transport koridorlari bilan milliy transport infratuzilmaning tezkor uyg‘unlashuvi uchun sharoitlarni yaratish; 2) tashqi savdo-sotiq jarayonlarini soddalashtirish, shu jumladan, tashqi savdoni texnik tartibga solish; 3) bojxona va boshqa nazorat organlarining ish faoliyatini takomillashtirish.