“O`zbekiston Respublikasining tovarlarning bojxona qiymatinin aniqlash masalalari bo`yicha qonunchiligini xalqaro me`yorlar asosida takomillashtirish” mavzusidagi tahliliy hisobot

2009 Apr 3
image

Qisqacha ma'lumot

Ushbu tahliliy hisobotda Jahon savdo tashkilotining Bojxona qiymatini aniqlash bo’yicha bitimining hamda Mustaqil davlatlar hamdo’stligi va O’zbekiston Respublikasining import qilinayotgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash usullari bo’yicha tegishli bojxona qonunchiligining moddama-modda solishtiruv tahlili o’tkazilgan. Shuningdek, hisobotda yuqorida ta’kidlangan usullarning bojxona qiymatini aniqlashda ma’muriy tartibotlar bo’yicha hamda bojxona qiymatini aniqlashda foydalaniladigan ma’lumotga nisbatan qo’yilgan talablar bo’yicha qo'llanilishi izchilligining tahlili amalga oshirilgan. Bundan tashqari, hujjatda O’zbekiston Respublikasi bojxona qiymatini aniqlash tizimining Jahon savdo tashkiloti bitimida ko’zda tutilgan qo’shimcha talablarga mufoviqligi ko’rib chiqilgan.