• «Yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq solishning xususiyatlari” qo‘llanmasi
    16-dek, 2014

    «Yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq solishning xususiyatlari” qo‘llanmada yuridik shaxs tashkil etmagan holda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yhatidan o‘tkazish tartibi, uning soliqqa tortilishi tartibi va xususiyatlari, mavjud imtiyozlar va majburiyatlar bo‘yicha amaliy ma’lumot keltirilgan.

  • “Mevali daraxtlarga shakl berish, kesish va payvandlash” qo‘llanmasi
    16-dek, 2014

    “Mevali daraxtlarga shakl berish, kesish va payvandlash” qo‘llanmasi mevali daraxtlarning rivojlanishi, danakli va urug‘li meva daraxtlariga shakl berish, mevali daraxtlarni payvand qilishning umumiy qoidalari va usullari hamda nima sababdan mevali daraxtlar meva qilmasligi masalalari haqida ma’lumotlar beradi.

  • Eksportbop mahsulotlarning katalogi
    16-dek, 2014

    Eksportbop mahsulotlarning katalogida Namangan viloyatining eksportga yo‘naltirilgan korxonalari bo‘yicha umumiy ma’lumot va ularning 38 turdagi mahsulotlari bo‘yicha 6-ta yirik bo‘limga, ya’ni “Oziq-ovqat va ichimliliklar”, “Kiyim va poyabzal”, “To‘qimachilik”, “Sanoat”, “Qurilish materiallari” va “Boshqalar” bo‘limlariga jamlangan holda batafsil ma’lumot keltirilgan.