Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha hisobot, 2015

Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha hisobot, 2015

1-May, 2015

O‘zbekiston Hukumati va O‘zbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) agentliklarining birgalikdagi tashabbusi bo‘lgan hisobot 2000–2013 yillar davomida Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha mamlakat taraqqiyoti tahlilini va unga berilgan bahoni o‘zida ifoda etadi. Hisobotda MRMga erishishga ko‘maklashuvchi muhim omillar belgilangan hamda bo‘lg‘usi yillarda O‘zbekiston oldida turgan vazifalar ta’riflab berilgan.



Hisobotda mamlakatda Mingyillik rivojlanishning maqsadlariga erishishda yuz bergan yuksalishga berilgan bahoni o‘zida ifoda etadi.



Ikkinchi milliy hisobotni tayyorlash chog‘ida barcha jalb etilgan tomonlar o‘rtasida samarali muloqot bo‘lib o‘tdi: 15 ta vazirlik va idoraning milliy ekspertlari hamda BMTning sakkizta agentligining vakillari ishtirokida 8 ta ishga guruh tuzildi, hujjatning mantig‘i va muhim g‘oyalarini muhokama etish uchun 4 ta uchrashuv va davra suhbati tashkil etildi, xalqaro maslahatchilar taklif etildi.