O'zbekistonning qishloq joylarida energiya samarador uy-joylarni katta miqyosda qurilishini rivojlantirish

2018 Mar 5
image

Qisqacha ma'lumot

BMTTDning “Oʻzbekistonda energiya jixatidan samarador qishloq uy-joylarini barpo etishga koʻmaklashish” loyihasining tayyorgarlik bosqichi tomonidan ishlab chiqilgan mazkur nashr qishloq joylarda arzon uy-joylar qurish Davlat dasturi doirasida energiya samarador uy-joylarni qurish saloxiyatini va uning egalari uchun tegishli imtiyozlarni taxlil qiladi. Tahlillar natijasidan koʻrinib turibdiki, energiya samarador boʻlgan qishloq uylari narxini odatiy (energiya samaradorligi boʻlmagan) uylarga qaragadan uch foizdan kam boʻlgan miqdorda oshishi energiya resurslarini deyarli 25 foizga tejalishini ta’minlanishi mumkin boʻladi, demak, uzoq muddatli istiqbolda turar joylar egalari oʻzlari iste’mol qilgan energiya uchun harajatlarni sezilarli darajada qisqartirishlari mumkin boʻladi. Shuningdek, qishloq aholisi uchun energiya samarador arzon uy-joylarni sotib olish imkonini beradigan "yashil" ipoteka kreditlaridan foydalanish imkoniyatlari ham tahlil qilindi. Ushbu nashrga mavjud ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik manfaatlarning keng doirasini aks ettiradigan joriy Davlat dasturi doirasida "yashil" turar-joy binolari loyihalarini ishlab chiqilishini ragʻbatlantirish boʻyicha umumiy tavsiyalar kiritilgan.

 

 

BMTTD BMTTD dunyoda

Siz hozir BMTTD O'zbekiston 
O'ting BMTTD dunyo bo'ylab