Qoraqalpog‘istonda olinadigan boyitilgan glaukonit qumini qishloq xo‘jaligida o‘g‘it sifatida qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar

2017 Avg 17
image

Qisqacha ma'lumot

Hozirgi vaqtda Qoraqalpog‘istonda suv resurslari tanqisligi sharoitlarida, tuproq unumdorligini tiklash hamda chetdan olib kelinadigan qimmat mineral o‘g‘itlarni mineral o‘g‘itlarni qo‘llash bilan bog‘liq ekologik vaziyatni yaxshilashga imkon beruvchi mahalliy o‘g‘itlarga almashtirish muammosi dolzarb bo‘lib turibdi.

Shu o‘rinda, mazkur tavsiyalar to‘plamida qishloq xo‘jaligi uchun boyitilgan glaukonit qumining tuproq unumdorligini tiklash xossalari batafsil yoritilgan. Shu bilan birga glaukonitning suvni saqlab turish xususiyati, uning suvdan yanada samarali foydalanishga ochib beradigan imkonlari haqida ma’lumot berilgan.   

Tavsiyalar to‘plami O‘zbekistondagi BMTTD hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazining Iqlim O‘zgarishi haqidagi BMTning Doiraviy Konvensiyasi Adaptatsiya (Moslashish) Fondi tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonning qurg‘oqchil hududlarida joylashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarining iqlimiy barqarorligini ta’minlash” qo‘shma loyihasi doirasida ishlab chiqilgan va nashr etilgan.