Sovitish uskunalari va konditsionerlarda GXFU 22 ga muqobillik sifatida propandan foydalanish qo‘llanmasi

Sovitish uskunalari va konditsionerlarda GXFU 22 ga muqobillik sifatida propandan foydalanish qo‘llanmasi

14-June, 2017

Ushbu qo‘llanmada GXFU 22 va propan (tabiiy sovitish agenti) sovitish siklining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha taqqoslov natijalari hamda GXFU 22 ga muqobil va alangalanuvchi sovitish agenti bo‘lgan propanni kichik statsionar sovitish uskunalarida va havoni konditsionerlashda xavfsiz qo‘llash bo‘yicha talablar va shartlar keltirib o‘tilgan.

Propanning afzal tomoni shundaki, uni nafaqat propan bilan ishlashga moslashtirilgan tizimlarda, balki GXFU 22 da ishlaydigan tizimlarda ham qo‘llash mumkin. Propanning aynan ushbu jihati uni boshqa muqobil GXFU sovitish agentlaridan ajratib turadi, chunki muayyan sharoitlarda by sovitish agentini almashtirishni nafaqat yangi, balki amaldagi sovitish uskunasida ham amalga oshirish mumkin.