Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari hududida ma’lumotlar bazasi va ma’lumot almashinuvi dasturi «DISWAT» bo’yicha qo’llanma

Uzbek

pdf (1MB)

Download

Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari hududida ma’lumotlar bazasi va ma’lumot almashinuvi dasturi «DISWAT» bo’yicha qo’llanma

14-December, 2017

Yevropa Ittifoqining “O’zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan O’zbekistondagi BMTTD hamda O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligining “Texnik salohiyatni mustahkamlash” qo’shma loyihasi faoliyati davomida ilk bor O’zbekistondagi Irrigatsiya Tizimi Havza Boshqarmalari (ITHB) va Irrigatsiya Havza Boshqarmalari (ITB) dispetcherlik xizmatlari mutaxassislari uchun mo’ljallangan “DISWAT” onlayn ma’lumotlar bazasi va ma’lumotlar almashish kompyuter dasturi ishlab chiqildi.

“DISWAT” onlayn ma’lumotlar bazasi va ma’lumotlar almashish kompyuter dasturi ITHB va ITBlar darajasida suv resurslarini taqsimlash bo’yicha ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash va ularni tahlil qilish maqsadida ishlab chiqilgan.

“DISWAT” onlayn ma’lumotlar bazasi va ma’lumotlar almashish kompyuter dasturidan foydalanish boyicha qo’llanma ishlab chiqildi va ITHB hamda ITB dispetcherlik xizmatlari mutaxassislariga tarqatildi.