Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy tumanlaridagi tuproqli issiqxonalarda sabzavot ekinlarini yetishtirish texnologiyasi bo‘yicha tavsiyalar

2017 Avg 16
image

Qisqacha ma'lumot

Mazkur tavsiyalar Qo‘llanmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy tumanlarida issiqxonalarga ega bo‘lgan fermerlar, dehqonlar va shaxsiy tomorqa uchastkalari egalariga yordam ko‘rsatish, ular tomonidan issiqxonalarda yil davomida sabzavotlar yetishtirishda, kafolatlangan yuqori hosildorlikka erishishlarini ta’minlaydigan, to‘la texnologik jarayonlarini o‘zlashtirishlari maqsadida tayyorlandi. Bu yerda, mahalliy sharoit xususiyatlarini hisobga olgan holda, issiqxonalarni ishga tushirishga tayyorlash, tuproqni qayta ishlash, tuproqli issiqxonalarda sabzavotlarni yetishtirish texnologiyalari yoritilgan.

Qo‘llanma O‘zbekistondagi BMTTD hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazining Iqlim O‘zgarishi haqidagi BMTning Doiraviy Konvensiyasi Adaptatsiya (Moslashish) Fondi tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonning qurg‘oqchil hududlarida joylashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarining iqlimiy barqarorligini ta’minlash” qo‘shma loyihasi doirasida ishlab chiqilgan va nashr etilgan.