GEF KGD yangiliklar byulleteni

2015 Yanv 15
image

Qisqacha ma'lumot

Ushbu nashr materiallarida o‘quvchilarning e’tibori quyidagilarga qaratiladi:


• q/x yerlari hosildorligini saqlash va tuproqni himoyalash bo‘yicha ilg‘or texnologiyalar- No-till (nolga teng ishlov berish) joriy etish borasidagi mavjud muammolarga;


• tuproqni himoyalash maqsadida, eng yangi uskunalar va nazorat vositalaridan oqilona foydalangan holda yerdan foydalanishning yangi amaliyotlariga;


• o‘rmonlarning kesilishi bo‘yicha mavjud muammolarga, va ayni paytda ham davlat, ham mahalliy aholi uchun ikki tomonlama foydali mexanizmni joriy etish taklif qilinadi;


• tog‘li joylarda tez-tez uchrayotgan xavfli tabiiy hodisalar, jumladan, sel, ko‘chkilarga, va o‘simlik qatlamini tiklash orqali oqibatlarning oldini olish bo‘yicha amaliy takliflar taklif qilinadi;


• oziq-ovqat mavzusiga, jumladan, mamlakatdagi mavjud baliq mahsulotlari taqchilligiga qaratadi, va GEF KGD loyihasi doirasida sinovdan o‘tgan intensiv Akva kultura texnologiyasini, xususan, O‘zbekiston sharoitlarida xonbaliq ko‘paytirish texnologiyasini taklif qiladi;


• O‘zbekistonning o‘simliklar xilma xilligiga oid ma’lumotlar bazasini yaratish bo‘yicha qo‘shma loyihasi doirasida o‘zbekistonlik olimlarning yutuqlariga. Loyiha yutuqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar inografika shaklida keltirilgan;


• shuningdek GEF KGD ning o‘tgan yildagi yangiliklari va voqealariga. 
Biz milliy hamkorlarimizning tashabbuslarini, shuningdek GEF KGD ning kelgusi loyihalarida ularning u yoki bu tarzda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlaymiz.