Energiya jihatdan unumdor bo‘lgan binolar O‘zbekistonga nihoyatda istiqbolli imkoniyatlarni ochib beradi

Energiya jihatdan unumdor bo‘lgan binolar O‘zbekistonga nihoyatda istiqbolli imkoniyatlarni ochib beradi

1-June, 2015

Ushbu ishning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi binolarida energiyadan foydalanish samaradorligini oshirish istiqbollarini hamda energiyani tejash salohiyati va 2050 yilgacha bo‘lgan davrda uni amalga oshirish bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy naflarni baholashdan iborat. 2011 yilda mamlakat binolarning energiya ta’minotiga 50% energiya sarflandi. Bajarilgan tahlil va tavsiyalar binolar sohasida kam-uglerodli rivojlanishga o‘tish imkoniyatlarini juda aniq tasavvur beradi.

Ishning asosiy natijalari va xulosalari qaror qabul qiluvchi shaxslar uchun qisqartirilgan shaklda rezyumega joylashtirilgan. 1-Bobda uy-joy fondi va xizmat ko‘rsatish binolari fondining holati va dinamikasi ko‘rsatilgan, uy-joy-kommunal xizmatlarga tariflar yuzasidan ma’lumotlar, ularni aholi uchun iqtisodiy jihatdan mosligining baholash natijalari keltirilgan. 2-Bobda binolarda energiya iste’moli hajmi va samaradorligini darajalari xarakteristikalari keltirilgan. 3-Bobda issiqlik ta’minoti tizimining hozirgi holati yoritib berilgan. Issiqlik ta’minoti tizimlari va binolarda energiyani tejashning iqtisodiy salohiyati 4-Bobda o‘z ifodasini topgan. Binolar sektorida energiyadan foydalanish samaradorligini oshirish borasidagi to‘siqlar 5-Bobda aks ettirilgan. 6-Bobda O‘zbekiston Respublikasidagi energiya samaradorligini oshirish sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani rivojlantirish bilan bog‘liq vaziyat va bu jarayonlarni yetakchi xorijiy davlatlarda huquqiy tartibga solish amaliyoti xususida batafsil ma’lumot berilgan.

O‘zbekistondagi binolarda energiyadan foydalanish samaradorligini oshirish istiqbollarini uchta ssenariy – «Bazaviy», «21 asrga qadam» va «Yumshoq yo‘l» uchun baholash natijalari 7-Bobda keltirilgan. 8-Bobda issiqlik ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish istiqbollariga baho berilgan. 9-Bob binolar sektorida energiyadan foydalanish samaradorligini oshirish bilan bog‘liq O‘zbekiston uchun turli ijtimoiy-iqtisodiy naflarni baholashga bag‘ishlangan. 2050 yilgacha bo‘lgan prognozni amalga oshirish vazifasi uzoq muddatga prognozlash uchun kompleks matematik modellarni ishlab chiqishni talab etdi.