“O'zbekiston Respublikasining tabiiy ofatlar xavfini boshqarish bo'yicha salohiyatini mustahkamlash” loyihaning yakuniy hisoboti

English/Russian

pdf (1MB)

Download

“O'zbekiston Respublikasining tabiiy ofatlar xavfini boshqarish bo'yicha salohiyatini mustahkamlash” loyihaning yakuniy hisoboti

20-December, 2016

Taqdim etilayotgan hisobotda o'tkazilgan tadbirlarning qisqacha tavsifi joy olgan, unda BMT Taraqqiyot Dasturi, O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa hamkor tashkilotlarning “O'zbekiston Respublikasining tabiiy ofatlar xavfini boshqarish bo'yicha salohiyatini mustahkamlash” qo'shma loyihasini rivoji, uni amalga oshirish uchun yo'naltirilgan sa'y-harakatlar va erishilgan natijalar haqida so'z yuritiladi.

Loyihaning dolzarbligi O'zbekiston Respublikasini yuqori seysmik mintaqada joylashganligi va uning hududida sel, yer siljishi va tog' ko'chkisi xavfi bo'lgan ko'plab mintaqalar mavjudligi bilan bog'liqdir. Yuqorida keltirilgan tabiiy omillar barcha manfaatdor tashkilotlarni jalb qilgan holda tabiiy ofatlar xavfini boshqarish bo'yicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish zarurligi taqozo etgan.

Eng muhim vazifalar qatoriga aholining tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo'yicha xabardorligini shakllantirish ham kiradi, bu esa 2011 yildan to 2016 yilgacha amalga oshirilgan loyihaning asosiy maqsadi bo'lgan.

Regions and Countries
Topics