Mavzuga oid bo'lgan materiallar

 

  • "Iqlimning o‘zgarishi bo‘yicha Limada bo‘lib o‘tgan xalqaro muzokaralar natijalari tahlili" tahliliy ma'lumotnoma
    18-sen, 2015

    "Iqlimning o‘zgarishi bo‘yicha Limada bo‘lib o‘tgan xalqaro muzokaralar natijalari tahlili" tahliliy ma'lumotnoma (rus tilida) BMTning iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi Muvofiqlashtiruvchi konvensiyasi (2014 yil) tomonlarining Yigirmanchi Anjumanining asosiy natijalariga bag‘ishlangan bo‘lib, iqlim o‘zgarishining beshta eng muhim masalalari (iqlim o‘zgarishining oldini olish, moslashish, iqlim bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish, texnologiyalarni tarqatish va salohiyatini oshirish) hamda iqlimmasalalari bo‘yicha yangi global kelishuvga tayyorgarlik borasida jahon hamjamiyati tomonidan erishilgan natijalar tahlil etilgan.

  • “Iqlimning o‘zgarishi bo‘yicha Varshavada bo‘lib o‘tgan xalqaro muzokaralar natijalari tahlili” tahliliy ma'lumotnoma
    23-sen, 2015

    “Iqlimning o‘zgarishi bo‘yicha Varshavada bo‘lib o‘tgan xalqaro muzokaralar natijalari tahlili” tahliliy ma'lumotnoma (rus tilida) BMTning iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi Muvofiqlashtiruvchi konvensiyasi (2013 yil) tomonlarining O‘n to‘qqizinchi Anjumanining asosiy natijalariga bag‘ishlangan bo‘lib, iqlim o‘zgarishining oldini olish va uning oqibatlariga moslashish, iqlim bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish, texnologiyalarni tarqatish va salohiyatini oshirish masalalari yoritilgan.

  • O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining energiya samarali jamoat transportini tadbiq etish sohasidagi salohiy atini oshirish
    23-sen, 2015

    “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining energiya samarali jamoat transportini tadbiq etish sohasidagi salohiy atini oshirish” nashri (rustilida) 2013 yilda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan missiya natijalari asosida chexiyalik mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalarni taklif etadi.

  • Sirdaryo viloyatida tiklanadigan energiya manbalari
    23-sen, 2015

    "Sirdaryo viloyatida tiklanadigan energiya manbalari" hisoboti (rus tilida) Sirdaryo viloyatida quyosh, shamol va biogaz energiyalari misolida tiklanadigan energiya manbalari (TIM) salohiyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tayyorlangan. Muqobil energetikaga investitsiyalar kiritishni va potensial moliyalashtirish manbalarini rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlar taklif etilgan, TIM uchun tariflar va energiya tejash choralari ko‘rib chiqilgan.

  • “O'zbekiston Respublikasining tabiiy ofatlar xavfini boshqarish bo'yicha salohiyatini mustahkamlash” loyihaning yakuniy hisoboti
    12-yan, 2016

    Taqdim etilayotgan hisobotda o'tkazilgan tadbirlarning qisqacha tavsifi joy olgan, unda BMT Taraqqiyot Dasturi, O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa hamkor tashkilotlarning “O'zbekiston Respublikasining tabiiy ofatlar xavfini boshqarish bo'yicha salohiyatini mustahkamlash” qo'shma loyihasini rivoji, uni amalga oshirish uchun yo'naltirilgan sa'y-harakatlar va erishilgan natijalar haqida so'z yuritiladi.