Oʻzbekistondagi BMTTD: AKT va elektron huqumat sohasida koʻmak

2016 Okt 10
image

Qisqacha ma'lumot

Oxirgi 10 yil ichida Oʻzbekiston hukumati AKTni barcha sohalarda bosqichma-bosqich tadbiq qilishga yoʻnaltirilgan islohotlarni amalga oshirdi va axborot texnologiyalardan taraqqiyot maqsadida foydalanish hamda elektron hukumatni rivojlantirish borasida sezilarli natijalarga erishdi.

Mazkur yoʻnalishdagi islohotlarning strategik ahamiyatini hisobga olgan holda, 2000 yilning boshlaridan Oʻzbekistondagi BMTTD axborotlashtirish va elektron hukumatni shakllantirishga qaratilgan davlat siyosatini qullab kelmoqda. BMT Taraqqiyot Dasturinining ishida asosiy eʼtibor elektron hukumat orqali fuqarolarning va tadbirkorlik subʼektlarining huquq va manfaatlarini taʼminlashga, davlat xizmatlarining sifat va imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan.

Mazkur bukletda BMT Taraqqiyot Dasturining Oʻzbekistonda AKT va elektron hukumatni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilgan koʻmakning yoʻnalishlari, shakllari hamda erishilgan natijalari toʻgrisida maʼlumot keltirilgan.