Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning holati va istiqbollari

Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning holati va istiqbollari

7-December, 2016

Aholiga, ayniqsa og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan manzilli ijtimoiy himoya qilish siyosatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda davlat tashkilotlari bilan birgalikda nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) faol va tobora o‘sib boruvchi o‘rin tutmoqda. NNT kam ta’minlangan oilalarga, imkoniyatlari cheklangan shaxslarga, yetim bolalarga, yolg‘iz, keksa, o‘zgalarning yordamiga muhtoj bo‘lgan shaxslarga hamda aholining boshqa zaif toifalariga kompleks moddiy, ijtimoiy, maslahat, huquqiy, psixologik xizmatlar va boshqa xizmatlar ko‘rsatmoqda.

NNT tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarning dolzarbligini belgilash, ushbu sohada asosiy vazifalar va xavf-xatarlarni aniqlash, NNT salohiyatidan foydalanishni yanada oshirishga doir takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqish ushbu tahliliy ma’ruzaning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Mehnat vazirligi va BMTTDning “Bandlikni ta’minlashda ijtimoiy sheriklik” deb nomlangan qo‘shma loyihasi doirasida tayyorlangan ma’ruzada:

  • ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi NNTning afzalligi ko‘rib chiqiladi;
  • NNT orqali ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq xavf-xatarlar va ularni bartaraf etish imkoniyatlari qayd etiladi;
  • NNT tomonidan ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq muammolar tahlil qilinadi, ularni hal etish yo‘llari taklif etiladi;
  • ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi NNTni yanada qo‘llab-quvvatlashning maqsadga muvofiqligi asoslanadi.

Ma’ruza natijalaridan ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish masalalarini ishlab chiqishda foydalanish mumkin.