Ijtimoiy korxonalarning aholini bandligi va ijtimoiy himoyadagi roli

Ijtimoiy korxonalarning aholini bandligi va ijtimoiy himoyadagi roli

30-December, 2016

O‘zbekistonda ijtimoiy korxonalarni rivojlantirish katta ahamiyatga ega, ayniqsa, aholining bandlik va aholining ijtimoiy himоya qilish sohasida, shuningdek, mehnat bozorida raqobatlasha olmaydigan insonlar va nodavlat notijorat tashkilotlarning (NNT) moliyaviy barqarorligini ta’minlash sohlarida katta rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, bu muammolarni hal qilishda, ijtimoiy korxonalar salohiyatidan to‘liq foydalanilmayapti. 1991-2015 yillar davomida nogironlarning jamoat tashkilotlari bilan ijtimoiy korxonalar soni 3,5 barobarga kamaydi. Bu ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi bandligini past darajada saqlab qoladi. Faqat har bir yigirmanchi nodavlat notijorat tashkiloti ba’zida omadsiz natijaga olib kelsa ham, o‘zi mablag‘ topish uchun harakat qilmoqda. Nodavlat notijorat tashkilotlarning o‘z mablag‘lari ulushi faqat 7% ni tashkil etadi.

Ushbu tahliliy hisobotning maqsadi aholining va uning hojatmand qatlamlarini bandligi va ijtimoiy himoya qilish, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari moliyaviy barqarorligini ta’minlashda ijtimoiy korxonalarning roli va salohiyatini tahlil qilish.

Ushbu hisobotda:

1) Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining bandligini ta’minlashda mahalliy ijtimoiy korxonalarning roli, nodavlat notijorat tashkilotlarning moliyaviy barqarorligi, ular tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish;

2) BMTTD hamda Mehnat vazirligi tomonidan tashkil etilgan namunali ijtimoiy korxonalar tajribasinining tahlili;

3) Soliq, huquqiy va boshqa masalalarni o‘z ichiga olgan holda, nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyati va tadbirkorlik sub’ektlari va ularning muhiti baholanadi;

4) Ijtimoiy korxonalarning rivojlanishidagi muammolarini belgilash va tahlil qilishi, shuningdek, tegishli tavsiyalar ishlab chiqish.

Hisobot O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligiva BMT Taraqqiyot Dasturining «Bandlikni ta’minlashda ijtimoiy sheriklik» qo‘shma loyihasi doirasida ishlab chiqildi.

Hisobot natijalari O‘zbekistonda ijtimoiy korxonalarni rivojlantirish masalalarida foydalanish mumkin.

Document Type
Regions and Countries