Vorislik huquqi haqida nimalarni bilasiz?

Uzbek

pdf (1MB)

Download

Vorislik huquqi haqida nimalarni bilasiz?

23-July, 2018

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSH Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) va BMT Taraqqiyot Dasturining “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi yo‘lida hamkorlik” qo‘shma loyihasi doirasida “Vorislik huquqi” amaliy qo‘llanmasi chop etildi.

“Vorislik huquqi” qo‘llanmasida vorislik huquqi, vasiyatnoma va uning turlari, vasiyatnomani rasmiylashtirish borasidagi mavjud qonun talablari, merosni qabul qilish tartibi, huquq va majburiyatlar yuzasidan tushuntirishlar keng omma uchun tushunarli, sodda va ravon tilda aks ettirilgan. Mazkur yo‘nalishda yuzaga kelgan huquqiy munosabatlarning xalqaro kelishuv va shartnomalar asosida tartibga solinishi borasida ma’lumotlar, meros huquqini amalga oshirish jarayonida tuziladigan hujjatlarning namunalari keltirilgan. Sxemalar, savol va javoblar, muammoli vaziyatlar misollari hamda ularning yechimlari me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablarini batafsil keng ochib bergan.

Qo‘llanma fuqarolarga o‘z vorislik huquqini amalga oshirishda, sud amaliyotida qonunchilik me’yorlarini yakka tartibda qo‘llanishiga xizmat qiladi.

Regions and Countries
Topics