«O`zbekiston Respublikasi Ayollari va Erkaklari» statistik to`plami

«O`zbekiston Respublikasi Ayollari va Erkaklari» statistik to`plami

13-May, 2015

O'zbekistonda muntazam ravishda (kamida ikki yilda bir marta) «O'zbekiston Respublikasi Ayollari va Erkaklari» nomli statistik to'plami chop etiladi. Ushbu statistik to'plam O'zbekiston Respublikasi statistika Davlat qo'mitasining O'zbekistonda gender taraqqiyotiga bag'ishlangan navbatdagi nashri hisoblanadi. To'plamda gender nuqtai nazaridan demografik statistika, sog'liqni saqlash, ta'lim, bandlik va ishsizlik, ijtimoiy himoya va jinoyatchilik va boshqa ko'rsatkichlar berilgan. To'plamga birinchi marta ayollar va erkaklarning iqtisodiy faoliyati, ma'lumoti, yoshini muvofiqlashtirgan holda bo'sh vaqtlaridan foydalanishlari, shuningdek, shahar va qishloq joylari kesimida o'tkazilgan ayrim taxlillar natijalari kiritilgan.