Elektron sudlovni joriy etish bo`yicha ilg`or chet el tajribasi va amaliyoti hamda O`zbekistonda elektron sudlov tizimi “E-SUD” ni yanada rivojlantirish bo`yicha tavsiyalar
Elektron sudlovni joriy etish bo`yicha ilg`or chet el tajribasi va amaliyoti hamda O`zbekistonda elektron sudlov tizimi “E-SUD” ni yanada rivojlantirish bo`yicha tavsiyalar
29-July, 2015
Mazkur hisobotda asosiy e`tibor samarali elektron sudlov tizimlarini joriy etish va ularni keng qo`llash imkonini beruvchi hozirgi kundagi jahonning turli mamlakatlarida yaratilgan va faoliyat yurituvchi elektron sudlov tizimlari, ularning maqsad va vazifalari, bu borada amalga oshirilgan ishlar, tajriba va amaliyot, shuningdek qo`lga kiritilgan yutuqlar va kamchiliklarga qaratilgan. Shu bilan birga, hisobotda sud tizimining oshkoraligi va ochiqligini kuchaytirishga xizmat qiluvchi advokatlar va fuqarolar bilan o`zaro muloqatni amalga oshirish vositalariga urg`u berilgan. Shuningdek, idoralararo ma`lumotlarni shakllantirish, so`rash va ayirboshlashni engillashtirish uchun yaratilgan texnik bazaga qo`shimcha e`tibor qaratilgan.
Mazkur hisobot O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va BMT Taraqqiyot dasturining qo`sha “O`zbekistonda qonun ustuvorligi yo`lida hamkorlik loyihasi” doirasida tayyorlangan.