Davlat xizmatlarini BPR qilish bo’yicha xalqaro tajriba

Russian

PDF (1MB)

Download

Davlat xizmatlarini BPR qilish bo’yicha xalqaro tajriba

11-May, 2017

Biznes jarayonlarning reinjiniringi (Business Process Reengineering, BPR) – elektron davlat boshqaruviga oʻtish munosabati bilan, xorijiy mamlakatlarda davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini tubdan yaxshilash boʻyicha keng qoʻllanadigan usullardan biri. Reinjiniring davlat idoralari faoliyati samaradorligini qisqa muddat ichida keskin oshirish va zamonaviy AKTni qoʻllashdan olinadigan foydani maksimallashtirish imkonini beradi.

Oʻzbekistonda elektron hukumatni rivojlantirishning bugungi bosqichida davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini yaxshilash maqsadida BPRni qoʻllash boʻyicha yetakchi xorijiy tajribani oʻrganish katta ahamiyatga egadir.

Shu munosabat bilan, ATKRV va BMTTDning “Elektron hukumatni rivojlantirish orqali davlat xizmatlarining sifatini oshirish” qo’shma loyihasi tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini takomillashtirish (BPR) bo’yicha ilgʻor xalqaro amaliyot to’plami tayyorlandi. Nashrda Koreya Respublikasi, Finlyandiya, Italiya, Irlandiya, Sloveniya va Braziliyaning muayyan davlat xizmatlarini BPR qilishga oid ijobiy va salbiy tajribasi tahlil qilingan bo’lib, O’zbekiston sharoitida mazkur usulni qo’llash bo’yicha tavsiyalar keltirilgan.