Oila va nikoh munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolar bo`yicha sud amaliyoti

Uzbek

pdf (1MB)

Download

Oila va nikoh munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolar bo`yicha sud amaliyoti

19-June, 2015

Mazkur qo`llanma, oila va nikoh huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar boyicha sud amaliyoti tahlili asosida, mazkur toifadagi ishlarni hal qilishda amaldagi qonun hujjatlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi Qarorlari va boshqa normativ huquqiy hujjatlar talablari e'tiborga olingan holda, hamda ushbu toifadagi nizolarni qonuniy hal qilishda yagona sud amaliyotini shakllantirish maqsadida tayyorlangan.

Ushbu qo`llanmada, oila va nikoh munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarning ta'rifi, ularni ko`rishga tayorlashda e`tibor berilishi kerak bo`lgan holatlar, amaliyotdan misollar, ushbu nizolar bo`yicha qabul qilinadigan hal qiluv qarorlari namunalari keltirilgan.

Qo`llanma sudyalar, advokatlar, huquqshunoslik sohasidagi mutaxassislar, talabalar va huquqshunoslikka qiziquvchi kitobhonlarga mo`ljallangan.

Mazkur nashr O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID)  va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining «O`zbekistonda qonun ustuvorligi yo`lida hamkorlik» qo`shma loyihasi doirasida tayyorlangan.