Sudning hal qiluv qarorini tuzish bo`yicha amaliy qo`llanma
Sudning hal qiluv qarorini tuzish bo`yicha amaliy qo`llanma
22-August, 2016
Mazkur qo`llanma, hal qiluv qarorini tuzish bo`yicha uslubiy tavsiyalar va turli toifadagi fuqarolik ishlari bo`yicha chiqarilgan hal qiluv qarorlarining shaxssizlantirilgan namunalarini o`z ichiga olib, hal qiluv qarorlarini tuzishning yagona amaliyotini joriy etish maqsadida tayyorlangan.
Qo`llanmada, hal qiluv qarorlarini tuzishda e`tabor berilishi lozim holatlar, nizolar bo`yicha chiqariladigan hal qiluv qarorlari namunalari keltirilgan bo`lib, u sudyalar, advokatlar, huquqshunoslik sohasidagi mutaxassislar, talabalar va huquqshunoslikka qiziquvchi kitobxonlarga mo`ljallangan.
Mazkur nashr O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining «O`zbekistonda qonun ustuvorligi yo`lida hamkorlik» qo`shma loyihasi doirasida tayyorlangan.