«Gender munosabatlari nazariyasi va amaliyotiga kirish» nomli ilmiy maqolalar

«Gender munosabatlari nazariyasi va amaliyotiga kirish» nomli ilmiy maqolalar

7-May, 2015

«Gender munosabatlari nazariyasi va amaliyotiga kirish» nomli ilmiy maqolalar to'plami O'zbekistonda gender ta'limini rivojlantirishga ancha qimmatli hissa hisoblanadi. Aslini olganda, bu O'zbekistonda gender munosabatlarining turli-tuman muammolariga to'xtalib o'tayotgan fanlararo, qamrovli risola yaratishning ilk tajribasidir. Taqdim etilgan maqolalar to'plami har tomonlama o'zgarish davrida mamlakat boshidan kechirayotgan ijtimoiy muammolarni yangicha ko'z bilan o'rganishni nazarda tutadi. Taqdim etilayotgan maqolalar to'plamida O'zbekistonda gender tenglik sari siljish masalalari yangi ming yillikda kurraviy rivojlanish kontekstiga kiritiladi. Shunday qilib, gender muammolari bilan hali tanish bo'lmagan o'quvchilarda qabul etmaslikni qo'zg'otishi mumkin bo'lgan ortiqcha radikalizmdan tiyilgan holda to'plamda gender muammolarini yechish bilan butun mamlakatning rivojlanishi, uning xalqaro obro'ining oshishi o'zaro bog'liq ekanligini ishonarli tarzda ko'rsatiladi.