Elektron xizmatlarni yaratishda Agile usulini qo’llash: Buyuk Britaniya tajribasi

2017 Iyul 27
image

Qisqacha ma'lumot

O’zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va Kommunikatsiyalarini Rivojlantirish Vazirligi va BMTTD “Elektron hukumatni rivojlantirish orqali davlat xizmatlarining sifatini oshirish” q’oshma loyihasi doirasida “Elektron xizmatlarni yaratishda Agile yondashuv: Buyuk Britaniya tajribasi” nomli qo’llanma ishlab chiqildi. Hujjat https://www.gov.uk/service-manual portalida chop etilgan Buyuk Britaniya Raqamli rivojlanish davlat xizmati (UK Government Digital Service) ma’lumotlari asosida yaratilgan.

Qo’llanma axborot tizimlarini ishlab chiqarishning an’anaviy usullaridan tubdan farq qiluvchi dasturiy taminotni ixcham yaratish Agile metodologiyasiga bag’ishlanadi. Agile – bu dasturiy ta’minot yaratish bo’yicha qadriyatlar va tamoyillar to’plami bo’lib, ularga muvofiq dasturiy mahsulot o’z-o’zini tartibga soluvchi va turli mutaxassislardan tashkil topgan jamoaning hamkorligi natijasida bosqichma-bosqish shakllanadi.

Mazkur qo’llanmada xizmat foydalanuvchilarini o’rganish usullari, electron xizmatlarni loyihalash va ishlab chiqish tamoyillari, hamda Buyuk Britaniyadagi onlayn xizmatlarni joriy qilish bo’yicha loyihalarni baholash tizimi keltirilgan. Hujjat matni amaliy tavsiya va yo’riqnomalar shaklida taqdim etilgan. Qo’llanma elektron davlat xizmatlarini amalga oshiruvchi davlat idoralari raxbar va mutaxassislari, biznes analitiklar, mustaqil ekspertlar, olimlar hamda elektron hukumat masalalariga qiziqqan kishilarga mo’ljallangan.