O‘rta muddatli byudjetni shakllantirish yuzasidan uslubiy qo‘llanma

2018 Fev 15
image

Qisqacha ma'lumot

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va BMT Taraqqiyot dasturining hamkorlikdagi «Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash dasturi/2-bosqich» loyihasi doirasida Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi grant vositalarini jalb qilish bilan Namangan shahri namunasida o‘rta muddatli byudjetni shakllantirish yuzasidan uslubiy qo‘llanma tayyorlandi.

Qo‘llanma ikki qismdan tashkil topgan va o‘rta muddatli byudjetni shakllantirish jarayonini to‘liq yoritishga yo‘naltirilgan.

Birinchi qismda Oʻzbekiston Respublikasining byudjet tizimi va tuzilmasi nazariy jihatdan taʼriflangan. Ikkinchi qismda oʻrta muddatli byudjetlashtirish jarayonlari aks etgan. Qoʻllanmani yaratishdan oldin mutaxassislar tomonidan Namangan shahridagi byudjet tashkilotlari xodimlari oʻrtasida soʻrov oʻtkazilgan.

Oʻrta muddatli byudjet tuzish kontseptsiyasiga koʻra, oʻrta muddatli byudjetni rejalashtirish jarayoni “yuqoridan-pastga” va “pastdan-yuqoriga” yondashuvlari asosida amalga oshiriladi. Yaʼni, “yuqoridan-pastga” yondashuvida makroiqtisodiy prognoz modellari asosida 3-4 yillik byudjetning yuqori chegaralari aniqlanadi, “pastdan-yuqoriga” yondashuvida esa vazirlik va idoralarning byudjet soʻrovi koʻrinishida byudjet mablagʻlariga 3-4 yillik talabi aniqlanadi.

BMTTD BMTTD dunyoda

Siz hozir BMTTD O'zbekiston 
O'ting BMTTD dunyo bo'ylab