“Fuqarolik ishlari buyicha sudga murojaat qilish tartibi” nomli amaliy qo‘llanma

Uzbek

pdf (1MB)

Download

“Fuqarolik ishlari buyicha sudga murojaat qilish tartibi” nomli amaliy qo‘llanma

6-December, 2016

O‘zbekiston Respublikasi Konsutitutsiyasining 44-moddasiga asosan har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 1-moddasiga asosan har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun qonunda belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga haqli.

Mazkur qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik sudlari, ularga arizalar bilan murojaat qilish va fuqarolik sudlarida ishlarni ko‘rish tartibi amaldagi qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumi Qarorlari va boshqa normativ huquqiy hujjatlar talablari e’tiborga olingan holda, keng aholi qatlamlariga tushunarli bo‘lishi uchun soddalashtirilgan tilda tayyorlangan.

Ushbu qo‘llanmada, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tizimi, mazkur sudlarda arizalarni ko‘rib chiqish va hal qilish bosqichlari, sudlarga topshiriladigan arizalar tuzilishi va namunalari, sudlarga to‘lanadigan davlat boji mikdorini aniqlash tartibi, amaliyotdan misollar va boshqa masalalar yoritilgan.

Qo‘llanma nafaqat sudyalar, advokatlar, huquqshunoslik sohasidagi mutaxassislarga, balki sudlar faoliyatiga va protsessual qonunchilikka qiziquvchi kitobxonlarga ham mo‘ljallangan.