Ish o`rinlari yaratishning sermahsul siyosati: ayollar kasbiy imkoniyatlarini amalga oshirish

Ish o`rinlari yaratishning sermahsul siyosati: ayollar kasbiy imkoniyatlarini amalga oshirish

20-January, 2014

Mehnat bozoridagi gender tengligi ayol va erkaklarning ushbu bozor taklif qilayotgan barcha imkoniyatlarga teng ega chiqishlarini nazarda tutadi (butunlay to`lanadigan ish sohasiga, barcha turdagi ish faoliyatlariga, turli hil ish sharoitadagi ish jojlariga va hokazo). Mustaqillik yillarida O`zbekistonda gender teng huquqliklarini yaratish bo`yicha ijobiy o`zgarishlarga qaramasdan, ayol va erkaklarning yurtimiz mehnat bozorida teng imkoniyatlarini ta`minlash dolzarb masaladir. O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining ma`lumotlariga ko`ra ayollar mehnat bozorida nisbatan kamrok ishtirok etadi: ularning ekonomik faoliyati erkaklarning ko`rsatgichidan 8,3 foizga kam, bandlik ko`rsatkichi bo`lsa 9,1 foizga kam. Ro`yhatga turgan ishsizlarning yarmidan ko`pini ayollar tashkil etadi. Ayol va erkaklar turli soha va kasblarda band bo`lib, mehnat bozorida gender tafovuti bor. Ayol va erkaklarning bandlik sohasidagi mavqe`larini tahlil qilish, yurtimiz mehnat bozoridagi gender tafovutlarning asosiy sabablarini tadbiq qilish va ayollar kasbiy imkoniyatlarini amalga oshirish maqsadida ish o`rinlari yaratish siyosatining sermahsulligini oshirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish Tahliliy tavsiyanomaning maqsadidir.