“Voyaga yetmagan bolalarning ta’minot olish huquqi” risolasi

2016 Noya 7
image

Qisqacha ma'lumot

Yurtimizda 2016 yilning "Sog'lom ona va sog’lom bola yili" deb e'lon qilinganligi, hamda "Sog'lom ona va sog’lom bola yili" Davlat dasturining tasdiqlanishi yosh avlodni qo'llab-quvvatlash, onalarga bo’lgan e'tibor, hurmat va ehtiromning yanada oshishi, onalik va bolalikni huquqiy muhofaza qilish uchun katta imkoniyat yaratadi.

Mamlakatimizda oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish davlat va jamiyat hayotining muhim masalalaridan biridir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63, 63-moddalariga ko’ra, “Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir, hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega. Ota-onalar o’z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar”.

Voyaga yetmagan bolalarning ota-onadan moddiy ta’minot olishga bo’lgan huquqi borasidagi ma’lumotni keng jamoatchilikka tarqatish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi tashabbusi va AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamda Birlashgan millatlar taraqqiyot dasturining (BMTTD) “O'zbekistonda qonun ustuvorligi yo’lida hamkorlik” qo’shma loyihasi ko’magida “Voyaga yetmagan bolalarning ta’minot olish huquqi” risolasi rus va o’zbek tillarida chop etildi. Risolani nashrga tayyorlashda Oliy sud sud’yalari va loyiha mutaxassislari ishtirok etdi.

Mazkur nashrda sudga murojaat etib aliment undirish tartibi, voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun aliment to’lovi miqdorini aniqlash, sud buyrug’ini chiqarish to’g’risidagi ariza bilan sudga qanday murojaat qilish, da’vo tartibi, aliment qanday daromadlardan ushlab qolinishi, hamda aliment to’lashdan bosh tortayotgan shaxsga nisbatan qanday choralar ko’rilishi haqida muhim ma’lumot o’quvchi uchun sodda tilda va muayyan misollar bilan keltirilgan.