O`zbekistonda elektron hukumat bo`yicha taxliliy hisobotlar

O`zbekistonda elektron hukumat bo`yicha taxliliy hisobotlar

20-January, 2014

Taxliliy hisobotlar BMT Taraqqiyot Dasturining “Mahalliy boshqaruv tizimini qo`llab-quvvatlash: fuqarolik ishtiroki va hamkorlik” loyihasining xalqaro konsultanti Yuriy Myasnikov (Belorussiya) tomonidan tayyorlangan bo`lib, undan ko`zlangan asosiy maqsad elektron hukumatni rivojlantirishda xalqaro tajriba bilan o`rtoqlashish va ushbu sohada O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini ta`minlash bo`yicha kerakli tavsiyalar berishdan iborat.

Hisobotlar quyidagilarni o`z ichiga oladi: 1) O`zbekiston elektron boshqaruv tizimini tahliliy sharh natijalariga asoslanib baholash, 2) Toshkent va Djizak shaharlariga amalga oshirilgan safar natijalari hamda davlat hokimiyati organlari tomonidan ko`rsatilayotgan elektron xizmatlar holati va elektron hujjat aylanish tizimi bilan tanishish, 3) Mahalliy hokimiyat organlarida qog`ozsiz hujjat aylanish tizimiga o`tish va siyosiy bosqichda texnik standartlarga asoslangan holda dastur yaratish to`g`risidagi tavsiyalar.