Samarali boshqaruv

image

"AKT izohli lug`ati"ning yangilangan ikkinchi nashri

Ushbu izohli lug`atning yangilangan varianti (ikkinchi nashri 2010-yilda chop etilgan) zamonaviy Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda vujudga kelayotgan yangi atamalar, qisqartmalar, grafik elementlari bilan boyitilgan tushuncha va izohlarni o`z ichiga oladi. Lug`at O`zbekistondabatafsilroq

image

"O`zbekiston Respublikasining saylov to`g`risidagi qonunlar " nomli to`plami

Mazkur to`plam Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti va Birlashgan Millatlar Tashkilotining O`zbekistondagi Taraqqiyot Dasturining "Parlament rivojlanishini qo`llab-quvvatlash loyihasi" ko`magida nashr etildi. To`plamda saylovga oid batafsil O`zbekistonbatafsilroq

image

Analytical report ‘Workload of Civil Judges in Uzbekistan’ “O‘zbekistonda fuqarolar ishlari bo‘yicha sudlar sudyalarining ish yuklami” tahliliy hisoboti

Ushbu tahliliy ma'lumotnoma BMTTD hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy Sudi huzuridagi Tadqiqot Markazi hamkorligi ning natijasidir. Tahliliy ma'lumotnomaning maqsadi, sudlar faoliyatini tahlil qilish va sudlarning ish hajmi miqdorini aniqlash, shuningdek sudlarning ish hajmi miqdorini kamaytirishbatafsilroq

BIZNING FAOLIYATIMIZ — SAMARALI BOSHQARUV

BMTTD Samarali boshqaruv bo‘limining vazifasi O‘zbеkiston hukumatining samaradorligi, shaffofligi va hisobdorligini oshirish sanaladi. Ijro, qonunchilik va sud organlari, shuningdеk, milliy institutlar hamda NNT bilan o‘zaro yaqin hamkorlik olib borgan holda bo‘lim fuqarolarning hukumat organlari tomonidan ko‘rsatiluvchi ijtimoiy va huquqiy xizmatlardan erkin foydalanishiga, davlat boshqaruvi organlarini markazlashmagan tizimga o‘tkazishga va parlamеnt salohiyatini oshirishga ko‘mak ko‘rsatadi. Bo‘lim, shuningdеk, ijtimoy himoyaga muhtoj ayollar va imkoniyati chеklangan kishilarni qo‘llab-quvvatlash sohasida NNT va davlat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga, shu bilan birga, O‘zbеkistonda OIV-infеktsiyasi tarqalishining oldini olish sohasida, ijtimoiy o‘zgarishlarga erishish vositasi sifatida ko‘ngillilar harakatini ilgari surishga hamda iqtisodiy diplomatiyani joriy qilishga yordam ko‘rsatadi.

SAMARALI BOSHQARUV BO‘LIMI HAQIDA YANADA BATAFSILROQ