• Davlat idoralari uchun elektron huqumat bo‘yicha eslatma
    13-okt, 2016

    Mazkur nashr davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahaliy davlat hokimiyati organlariga “Elektron huqumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda elektron huqumatni yaratish va davlat boshqaruvi tizimida AKTni joriy etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etishda uslubiy ko‘mak ko‘rsatishga mo‘ljallangan.

  • Mehnat huquiy munosabatlaridan kelibchiqadigan nizolar
    14-noy, 2016

    Mazkur qo‘llanma mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni ko‘rib chiqish va ularni hal etish bo‘yicha nazariy va amaliy tavsiyalardan iborat. Shuningdek, qo‘llanmada mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni ko‘rib chiqishda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan holatlar hamda sud qarorlaridan namunalar keltirilgan. Qo‘llanma sud’yalar, advokatlar, huquqshunoslik sohasidagi mutaxassislar, talabalar va huquqshunoslikka qiziquvchi kitobxonlarga mo‘ljallangan.

  • “Voyaga yetmagan bolalarning ta’minot olish huquqi” risolasi
    7-noy, 2016

    Mazkur nashrda sudga murojaat etib aliment undirish tartibi, voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun aliment to’lovi miqdorini aniqlash, sud buyrug’ini chiqarish to’g’risidagi ariza bilan sudga qanday murojaat qilish, da’vo tartibi, aliment qanday daromadlardan ushlab qolinishi, hamda aliment to’lashdan bosh tortayotgan shaxsga nisbatan qanday choralar ko’rilishi haqida muhim ma’lumot o’quvchi uchun sodda tilda va muayyan misollar bilan keltirilgan.

  • Buyruq tartibida ish yuritish: E-SUD milliy elektron sudlov axborot tizimi orqali sud buyrug`i chiqarish
    8-avg, 2016

    Qo`llanmada sud buyrug`I chiqarish institutining ahamiyati, o`ziga hos jihatlari, sud buy`rug`ini chiqarish to`g`risidagi arizalarni ko`rish va sud buyrug`I chiqarish tartibi, sudlar tomonidan e`tabor berilishi lozim bo`lgan holatlar amaliyotdan misollar va statistic raqamlar orqali yoritib berilgan. Shuningdek, sud buyrug`I chiqarish yuzasidan yagona sud amaliyotini joriy etish maqsadida sud buyrug`ining turli shakldagi namuna nusxalari ham berilgan.

  • Oʻzbekistonda davlat xizmati institutini rivojlantirishning dolzarb muammolari
    3-noy, 2016

    Davlat xizmati – zamonaviy institut hisoblanib, uning Oʻzbekistonda vujudga kelishi mamlakatimiz rahbariyati tomonidan olib borilayotgan davlat boshqaruvini yanada modernizatsiyalashga yoʻnaltirilgan bosqichma-bosqich siyosatining qonuniy va salmoqli muvaffaqiyatidan dalolat beradi.