Inklyuziv va samarali boshqaruv
  • 19-yan, 2016

    Shikoyat bilan davlat organlariga murojaat qilish huquqi jazosiz holda davlat organlari harakatlari ustidan shikoyat yoki murojaat qilish huquqidir. Mazkur huquq ohirgi o`n yillik davr mobaynida qonunchilikda belginlangandir. Mazkur tadqiqotning asosida - murojaat va shikoyatlar kim tomonidan va qanday ko'rib chiqilishi kerak, hamda murojaatlar to'g'risidagi O`zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq, ularni sudlar tomonidan ko`rib chiqilish uchun, qanday tartib, mexanizmlar, vakolatlar va tashkiliy infratuzilmalar alohida ahamiyatga ega, kabi savollar keltirilgan. Mazkur hisobotda yuqorida qayd etilgan savollarga batafsil javoblar hamda takliflar berilgan.

  • 22-iyn, 2015

    Mazkur qo`llanma sudyalarga sud qarorlari va tegishli hujjatlarni tayyorlash, nafaqat ularning tuzilmasi, balki ularni tuzish jarayoni to`g`risida tanqidiy fikrlashga ko`maklashish maqsadida tayyorlangan. Qo'llanma yangi sudyalar uchun mo'ljallangan.

  • 6-yan, 2016

    O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi, AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining "O'zbekistonda qonun ustuvorligi yo'lida hamkorlik"qo'shma loyihasi 2015 yili sudlar faoliyatini baholash mexanizmlarini joriy etish bo’yicha xorijiy davlatlar tajribalarini o’rganib chiqdi.

  • 1-fev, 2016

    Ushbu qo`llanmada E-SUD milliy elektron axborot tizimi to`g`risida umumiy ma`lumot hamda elektron tizimda ishlash tartibi yuzasidan sudlarga batafsil tushuntirishlar, shuningdek, fuqarolarga mazkur axborot tizimi orqali fuqarolik sudlarga murojaat qilish tartibi bayon etilgan.

  • 29-okt, 2015

    Mazkur qo'llanma federal sudlar faoliyatining umumiy sharhini o`z ichiga oladi. Jumladan, ushbu nashr sud xodimlari (klerk) vazifalari, axloq-odob qoydalari va protokolni olib boorish tartibi hamda fuqarolik sud protsessining umumiy tahlilini o`z ichiga oldi. Lekin, mazkur qo`llnmada sud xodimlari kundalik vazifalari yoki biror sudning ichki tartibi va ish jarayonining tahlili keltirilmagan (sud xodimlari vazifalari sudyaga bog`liq bo`ladi). Shuning uchun, sud xodimlari zar bir sudning ish tartibi bilan tanishib chiqishi kerak.

BMTTD BMTTD dunyoda

Siz hozir BMTTD O'zbekiston 
O'ting BMTTD dunyo bo'ylab