• O'zbekistonda elektron hukumati tizimini rivojlantirishda ochiq ma'lumotlarning o‘rni
    7-dek, 2015

    Ushbu tahliliy hujjatda O'zbekistonda elektron hukumati tizimini rivojlantirish borasida ochiq ma'lumotlar tamoyilini rivojlantirish ustivorligi va bu sohada joriy holatning tahlili keltirilgan. Hujjatda ochiq ma'lumotlar rivojlanishiga asosiy to'sqinliklar aniqlangan hamda ularni bartaraf qilish uchun huquqiy-me'yoriy, tashkiliy, texnikaviy, ommaviy-axborot va boshqa chora-tadbirlari belgilangan.

  • Civil Litigation Manual - Federal Judicial Center
    29-okt, 2015

    Mazkur qo'llanma AQSh sud konferensiyasi boshqarmasi qo'mitasi rahbarligida ishlab chiqilgan. Qo`llanma Amerika Qo'shma Shtatlari sudyalari uchun, ya'ni, sudyalarga samarador va adolali sudlov jarayonini ta’minlashga ko`maklashish maqsadida ishlab chiqilgan. Ushbu qo`llanma sudyalar uchun boshqa sudyalarning sudlov jarayonini amalga oshirishdagi kundalik tajribasini va amaliyotini o'rganish zaruriyatini javoban yaratildi. Qo'llanma matni ilovalar bilan birgalikda sudyalarning ko`p qirrali tajribasini taqdim etadi. Ushbu qo'llanmaning birinchi 6ta bobi fuqarolik sud protsessini ketmaketligida tuzilgan.

  • Sud xodimlari (klerk) uchun qo`llanma - AQSh Federal sudlov markazi
    29-okt, 2015

    Mazkur qo'llanma federal sudlar faoliyatining umumiy sharhini o`z ichiga oladi. Jumladan, ushbu nashr sud xodimlari (klerk) vazifalari, axloq-odob qoydalari va protokolni olib boorish tartibi hamda fuqarolik sud protsessining umumiy tahlilini o`z ichiga oldi. Lekin, mazkur qo`llnmada sud xodimlari kundalik vazifalari yoki biror sudning ichki tartibi va ish jarayonining tahlili keltirilmagan (sud xodimlari vazifalari sudyaga bog`liq bo`ladi). Shuning uchun, sud xodimlari zar bir sudning ish tartibi bilan tanishib chiqishi kerak.

  • E-SUD milliy elektron sudlov axborot tizimi: foydalanuvchilar uchun amaliy qo`llanma
    1-fev, 2016

    Ushbu qo`llanmada E-SUD milliy elektron axborot tizimi to`g`risida umumiy ma`lumot hamda elektron tizimda ishlash tartibi yuzasidan sudlarga batafsil tushuntirishlar, shuningdek, fuqarolarga mazkur axborot tizimi orqali fuqarolik sudlarga murojaat qilish tartibi bayon etilgan.

  • Mahalliy sudlarda xalqaro shartnomalarning qo`llanilishi
    1-fev, 2016

    Mazkur hisobot Huquqiy manbalar Xalqaro Markazining ma`lumotlar bazasi asosida, Xitoy, AQSh, Meksika va Germaniya kabi mamlakatlari mahalliy sudlari tomonidan xalqaro shartnomalarning qo`llanilishi universal yoki milliy modellarining qiyosiy tahlilini o`z ichiga oladi.