Inklyuziv va samarali boshqaruv
  • 11-may, 2017

    ATKRV va BMTTDning “Elektron hukumatni rivojlantirish orqali davlat xizmatlarining sifatini oshirish” qo’shma loyihasi tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini takomillashtirish (BPR) bo’yicha ilgʻor xalqaro amaliyot to’plami tayyorlandi. Nashrda Koreya Respublikasi, Finlyandiya, Italiya, Irlandiya, Sloveniya va Braziliyaning muayyan davlat xizmatlarini BPR qilishga oid ijobiy va salbiy tajribasi tahlil qilingan bo’lib, O’zbekiston sharoitida mazkur usulni qo’llash bo’yicha tavsiyalar keltirilgan.

  • 22-dek, 2017

    Mazkur risolada AQSh, Hindiston, Avstraliya, Kanada, Evropa Ittifoqiga a’zo ba’zi davlatlar, Buyuk Britaniya, Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Rossiya, Qozog‘iston, Belarusning nizolarni hal qilishning alternativ vositalari ishlab chiqish va rivojlantirishda eng samarali va dolzarb yo‘nalishlari yoritib berilgan.

  • 27-iyl, 2017

    Qo’llanma axborot tizimlarini ishlab chiqarishning an’anaviy usullaridan tubdan farq qiluvchi dasturiy taminotni ixcham yaratish Agile metodologiyasiga bag’ishlanadi. Agile – bu dasturiy ta’minot yaratish bo’yicha qadriyatlar va tamoyillar to’plami bo’lib, ularga muvofiq dasturiy mahsulot o’z-o’zini tartibga soluvchi va turli mutaxassislardan tashkil topgan jamoaning hamkorligi natijasida bosqichma-bosqish shakllanadi.

  • 7-noy, 2016

    Mazkur nashrda sudga murojaat etib aliment undirish tartibi, voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun aliment to’lovi miqdorini aniqlash, sud buyrug’ini chiqarish to’g’risidagi ariza bilan sudga qanday murojaat qilish, da’vo tartibi, aliment qanday daromadlardan ushlab qolinishi, hamda aliment to’lashdan bosh tortayotgan shaxsga nisbatan qanday choralar ko’rilishi haqida muhim ma’lumot o’quvchi uchun sodda tilda va muayyan misollar bilan keltirilgan.

  • 18-mar, 2005

    Ilmiy-ommabop harakterdagi mazkur kitob aholining keng qatlamlari uchun mo`ljallangan. Uni soha mutaxassislari hamda qiziquvchilar mutolaa qilishi mumkin. Kitob O`zbekiston va butun jahondagi AKT bo`yicha eng so`nggi ma'lumotlarni jamlagan.

BMTTD BMTTD dunyoda

Siz hozir BMTTD O'zbekiston 
O'ting BMTTD dunyo bo'ylab